Vobkent tumanida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi
Bugun, 5-may kuni Vobkent tumani hokimi, tuman IIB hamda boshqa mas’ullar tumanining “Changaron” mahallasi Qipchoq qishlog‘ida sodir etilgan jinoyatlarni ushbu mahallaning o‘zida mutasaddilar, qishloq va ko‘cha vakillari, faollar va keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qildilar.
Bunda, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, shuningdek, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, ushbu mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan hisobotlarini tinglab, jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.
Shuningdek, tumanning qolgan barcha hududlari va mehnat jamoalarida jinoyatlar va ularning oqibatlarini taʼsirchan muhokama qilish, kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.