12 Avgust 2021 yil 516

XALQARO HAMKORLIK...Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurgan edi.

Ushbu tashrif davomida, oliy martabali mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qila turib, mazkur tarixiy manzillarda chet ellik va mahalliy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida O‘zbekiston tajribasi va ayniqsa Buxoro tajribasini o‘rganish borasida kelishilgan edi.

Shu maqsadda joriy yilning 12 avgust kuni Buxoroga yetib kelgan Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov boshchiligidagi delegatsiya, viloyatda ziyorat turizmi va gastronomik turizm bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, turizm aloqalarini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida Buxoro viloyati tajribasini o‘rganish uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida mehmonlar Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida yaratilgan shart-sharoitlar, soha xodimlarining ish faoliyati, xizmatni olib borish tartibi, boshqarmaning moddiy texnika taʼminoti va Buxoro shaxrining tarixiy qismida xizmat olib borish jarayonlarini birma bir ko‘zdan kechirdilar.

Bu jarayonda Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan mehmonlarga viloyatda xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga doir taqdimot qilindi.

Bundan tashqari mehmonlar Buxoro shaxrining tarixiy qismi va boshqa diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirdilar.

Text to speech