Xotin-qizlar faollari bilan o‘quv-seminar tashkillashtirildi
Joriy yilning 25-26-aprel kunlari Buxoro shahar hokimligi yig‘inlar zalida yangi tayinlangan mahallalardagi Xotin-qizlar faollarining bilim va malakasini oshirish maqsadida qator mutasaddilar ishtirokida maxsus o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.
Mahallalardagi xotin-qizlar faoli, tibbiyot patronajlari va yoshlar yetakchilari ishtirok etgan seminarda ularning lavozimga samarali kirishishiga doir zaruriy ko‘nikma va tavsiyalar berish nazarda tutilgan.
Shu o‘rinda, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari so‘zga chiqib, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini barvaqt oldini olishga doir profilaktik targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan jabrlangan xotin-qizlarga “Himoya orderi” berish tartibi hamda maxalladagi xotin-qizlar faolining tuzatish dasturi bo‘yicha amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar tahlili yuzasidan o‘zaro hamkorlikdagi olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlar xususida fikr-mulohazalar yuritildi.
Yig‘ilganlarni oila-turmush doirasida bilib-bilmay huquqbuzarlik yoki jinoyat ishtirokchisi bo‘lib qolishdan ehtiyotkorlikka chorlab, firibgarlik va kiber jinoyatchilik turidagi holatlar qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.