8 May 2022 yil 487

Xotira aziz-qadr muqaddas...

"9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining faxriy xodimlari holidan xabar olindi.

Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug‘ nuroniylarni eʼzozlab ularga yuksak ehtirom ila hurmat ko‘rsatib kelgan. Ayniqsa, tabarruk yoshdagi insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil qilish va nasihatlari-yu duolarini olish xalqimizga xos fazilatdir.

Shu maqsadda bugun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligidagi masʼullar “9-may – Xotira va Qadrlash kuni” arafasida Ichki ishlar idoralarining rahbarlik lavozimlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan bir qator mehnat faxriylari holidan xabar oldilar. Xonadon sohiblari bilan dildan suhbat qilib, bayram tabriklari va sovg‘a salomlar ulashdilar.

Bahonada xabar olingan faxriylarning muammo va takliflari o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu kuni soha faxriylari ko‘rsatilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun cheksiz minnatdorshilik bildirishdi.

Bu kabi ezgu amallar viloyatimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Text to speech