“Yangi Oʻzbekiston-yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida “UCH AVLOD UCHRASHUVI” Peshku tuman Ichki ishlar boʻlimida oʻtkazildi.
Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash har birimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir.
Shu maqsadda Peshku tuman IIBda oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” da mehnat faxriylari, fidoyi xodimlar va yoshlar taklif etildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Peshku tuman IIB boshligʻi Abduxalil Nosirov avvalo, barchani ushbu tadbir bilan qutladi. Erkin va obod jamiyatimiz, yangidan qurilayotgan zamonaviy Ichki ishlar boʻlimi binosi, bularning barchasi Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan mislsiz oʻzgarishlar samarasi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirning asosiy mehmoni sobiq ichki ishlar organlari faxriysi Qayim Hamroyev, “Men sizlar bilan koʻrishganimdan xursandman. Bugungi ichki ishlar xodimlariga faqat havas qilish mumkin. Ishoning, juda yaxshi sharoitda ishlayapsiz”, dedi oʻz soʻzlarida.