26 Fevral 2022 yil 463

«Yashil makon» umummilliy harakati doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi tarkibida yangidan tashkil etilayotgan «To‘dako‘l» reabilitatsiya markazi va uning atrof hududlarida daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘ yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi «To‘dako‘l» bolalar sog‘lomlashtirish markazi o‘rniga Tibbiyot bo‘limi tarkibida «To‘dako‘l» reabilitatsiya markazini tashkil etish borasida keng ko‘lamli qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan eʼlon qilingan «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida mazkur yangidan tashkil etilayotgan markaz va uning atrof hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘ yaratish ishlari avj pallasiga kirgan.

Jumladan joriy yilning 26 fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida barcha mustaqil boshqarma, bo‘lim hamda bo‘linmalar, shuningdek barcha hududiy ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Markaz va uning atrof hududlarida 3.500 dan ortiq turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Kelgusida ushbu daraxt ko‘chatlarini parvarish qilish va tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish borasida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Text to speech