22 Aprel 2022 yil 372

“Yoshlar kelajagimiz” media platformasi orqali Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yo‘l harakati bilimdonlari” onlayn viktorinasi g‘oliblari taqdirlandi

Yoshlar - kelajagimiz media platformasi va Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan “Yo‘l harakati bilimdonlari” onlayn viktorinasini joriy yilning 21-aprel kuni soat 16:00da Yoshlar - kelajagimiz media platformasi rasmiy sahifasida o‘tkaziladi. Bir bosqich tashkil etilgan viktorinada 14 yoshga to‘lgan 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ixtiyoriy va bepul tarzda ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar bu gal yo‘l harakati qoidalari yo‘nalishiga oid jami 20 ta test savoliga (har bir savolga 30 soniya vaqt ajratilgan holda) to‘g‘ri va tezkorlik bilan javob topishi kerak edi.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan boshidagi 20 nafar ishtirokchilar orasidan g‘oliblar Telegram-kanalida onlayn tasodifiy g‘olibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida saralandi.

Tanlovda g‘oliblar uchun birinchi o‘ringa smart televizor, ikkinchi o‘ringa issitish pechi hamda uchinchi o‘ringa elektro choynak sovrinlari qo‘yilgan edi.

Yoshlar - kelajagimiz media platformasi hamda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan “Yo‘l harakati bilimdonlari” viktorinasining g‘oliblari aniqlandi.

Bular:
1-o‘ringa - Buxoro tumanidan 22 yoshli Asrorova Nodira Zubaydulloyevna;

2-o‘ringa - Buxoro shahridan 22 yoshli Ramazonov Umurzoq Laziz o‘g‘li;

3-o‘ringa - Jondor tumanidan 19 yoshli Doniyorov Alisher Shaxriyor o‘g‘li g‘olib deb topilib, munosib rag‘banlantirildi.

Text to speech