O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida 2021 yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, Yoshlar o‘rtasida havoli quroldan o‘q otish sport turi bo‘yicha Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 60 nafar yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Musobaqaning yopilish marosimi juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: