O‘zbekiston Ruspublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Mamlakatimizda sayyohlarni jalb qilish uchun so‘nggi yillarda nafaqat tarixiy va madaniy tadbirlar, shuningdek, jahon miqyosidagi sport musobaqalari, dam olish turistik maskanlari, ko‘rgazma namoyishlari, ilmiy konferensiyalarni uyushtirish bilan ushbu yo‘nalishda sayyohlar oqimini jalb qilish yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda.
Mazkur turistik obyektlarda baxtsiz hodisalar, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida vazir o‘rinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Vazir o‘rinbosari viloyatning bevosita turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlarni birma-bir tahlil qildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kelib chiqib, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 2025 yil uchun mo‘ljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni jadallashtirish, xususan mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.