22 Sentyabr 2022 yil 642

Jinoyatchilikni jilovlash — islohotlarning bosh maqsadi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan tuman-shaharlariga hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarini biriktirish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan, Buxoro viloyati IIB boshlig‘iga biriktirilgan respublikaning To‘rtko‘l tumanida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar rejasi hamda alohida farmoyish ishlab chiqilib, keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborildi.

Jumladan, To‘rtko‘l tumanining kriminogen vaziyati tahlil qilinib, hududning 8 oylik jinoyatchilik ahvoli, tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar va ovullar, jinoyat o‘choqlari belgilanib, tuman ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda boshqa hamkor tashkilotlar va jinoyatchilik vakillarini yo‘naltirish, kuch vositalarning birgalikdagi faoliyati belgilab olindi.

Text to speech