Jondor tumanida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi
2022-yil 17-noyabr kuni “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari tomonidan Jondor tumanidagi “Azamat Anvar Jahongir” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida o‘tkazilgan o‘rganishda aniqlanishicha, ushbu MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan tuman “Jondor 1” GTSdan «Oytug‘di» mahallasi Peshqandoq qishlog‘i yo‘nalishida tortilgan diametri D 530 mm. bo‘lgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, ushbu quvurdan jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan, yashirincha diametri 25 mm. bo‘lgan quvur tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.
"Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali mutaxassislarining dalolatnomasiga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish oqibatida, “Azamat Anvar Jahongir” MCHJ tomonidan 2020-2021-2022 yillar davomida umumiy qiymati 4.935.006,0 m3 tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilib, “Hududgaz Buxoro" gaz taʼminoti filialiga jami 4 mlrd. 935 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani;
Yana bir xuddi shu kabi holatda, “Abduraxmon zarg‘isht servis” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi mansabdor shaxslari ham aynan shu yo‘nalishdagi gaz quvuriga noqonuniy ulanib, ushbu quvurdan jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan, yashirincha diametri 25 mm. bo‘lgan quvur tortib, tabiiy gazdan foydalanganligi oqibatida 2020-2021-2022 yillar davomida umumiy qiymati 4.827.918,0 m3 tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, “Hududgaz Buxoro" gaz taʼminoti filialiga jami 4 mlrd. 828 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 185/2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.