21 Sentyabr 2024 yil 1062

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Kitob inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish izlanish bilan o‘z dunyoqarashini oshiradi fikrlash doirasini kengaytiradi.

Bugun yurtimizda kitobxonlik borasidagi jarayonlar yangi bosqichga ko‘tarildiki qaysi bir sohaga qaramaylik kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi tadbirlar o‘ziga xos tarzda o‘tkazilayotganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish maqsadida hamda Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 2 avgust kunidagi 274-sonli buyrug‘iga asosan, Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovni adolatli va yuqori saviyada o‘tishini taʼminlash maqsadida boy tajribaga ega o‘qituvchi murabbiylar taklif etildi.

Tanlovda boshqarma apparati hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlardan 30 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlov mezonga asosan  uch bosqichda bo‘lib o‘tdi, unga ko‘ra ishtirokchilar test sinovi, badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob va buyuk mutafakkir va Adib shartlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlovda bor bilimini mahorat bilan namoyon eta olgan Shofirkon tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant Azizbek Abdullayev g‘oliblikni qo‘lga kiritib  Respublika bosqichida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi  shaʼnini munosib himoya qilish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlovda faol ishtirok etgan xodimlar rahbariyatning faxriy yorlig‘i, qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.  

Text to speech