24 Iyun 2024 yil 7641

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limidagi (tor ixtisoslik bo‘yicha alohida mutaxassislik talab etiladigan) mavjud bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi

ESLATMA: Tanlovda oliy taʼlim muassasalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi, elektronika, mikroelektronika, elektronika va elektron texnikasi, mexatronika va robototexnika, intellektual muhandislik tizimlari, texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasidronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tamomlab, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 35 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi         165 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyul kunidagi PQ-4377-sonli Qarorining 7-bandi talablariga muvofiq axborot texnologiyalari sohasiga oid jinoyatlarni aniqlash hamda fosh etish yo‘nalishida zaruriy ko‘nikmalar (maxsus bilim)ga ega bo‘lishlari shart.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki ID-kartasi;

- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- 3 X 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2024 yilning 20 iyun — 25 iyun kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2024 yilning 25 iyun— 29 iyun kunlari kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

 Manzil: Buxoro shahar Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy.

 Mo‘ljal: IIV Buxoro Akademik litseyi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: 99 663 89 90, 90 613 52 32, 91 401 41 19

Text to speech