4 Yanvar 2024 yil 3531

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari (IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti) hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga 2024/2025 o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2024-yilning 03-yanvar kunidan boshlanganligini ma’lum qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi, 2024-yilning 15-fevral kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

 IIV Akademiyasi kunduzgi bo‘limiga

(bakalavr, huquqshunos kvalifikatsiyasi beriladi):

 Akademiyaga yoshi 17 dan kichik (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160 sm dan past bo‘lmagan qizlar, umumiy o‘rta (maktabning 11-sinf bitiruvchilari) va o‘rta-maxsus (kollej, akademik litsey bitiruvchilari) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining (safdor va serjantlik lavozimlarida xizmat qilayotgan) murojaatlari qabul qilinadi. O‘qish muddati 3 yil.

 Jamoat xavfsizligi universitetiga

(bakalavr, huquqshunos kvalifikatsiyasi beriladi):

 Universitetga yoshi 17 dan kichik (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

-Yo‘l-patrul xizmati (bo‘yi 175smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 170smdan past bo‘lmagan qizlar);

-Patrul-post xizmati (bo‘yi 170smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 165smdan past bo‘lmagan qizlar);

-Pasport tizimini huquqiy ta’minlash (bo‘yi 165smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160smdan past bo‘lmagan qizlar);

-umumiy o‘rta (maktabning 11-sinf bitiruvchilari) va o‘rta-maxsus (kollej, akademik litsey bitiruvchilari) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining (safdor va serjantlik lavozimlarida xizmat qilayotgan) murojaatlari qabul qilinadi. O‘qish muddati 3 yil.

Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga:

 Muassasalarga yoshi 18 dan kichik (qabul yilida 18 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, bo‘yi
165 smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160 smdan past bo‘lmagan qizlar, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lgan: IIV Buxoro Akademik litseyi bitiruvchilari, harbiy Akademik litseylar bitiruvchilari, Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarining (lavozimida kamida olti oy ish stajiga ega bo‘lishi shart) murojaatlari qabul qilinadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshiradigan nomzodlardan rus tilida diktant sinovlari olinadi.

 Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy.

 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-99-663-89-90, +998-91-416-04-07

Text to speech