Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga kirish uchun tanlov eʼlon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyun kunidagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga arizalar 2024/2025-o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2024-yilning 13-may kunidan boshlanganligini ma’lum qiladi hamda o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyi binosida joylashgan Viloyat IIBning “Nomzodlarni qabul qilish markazi”ga murojaat qilishlari so‘raladi.
-Maktab-internatiga o‘qishga umumta’lim muassasalarning 4-sinfini tamomlayotgan o‘quvchilar (o‘g‘il bolalar) har yilgi qabul kvotalariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
tanlov tadbirlari to‘rt bosqichdan:
-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
-orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash;
-umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
-yakuniy test sinovlari;
Tanlovlarni shaffof va belgilangan talablar darajasida o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘qishni tamomlagan bitiruvchilar yashash hududi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylariga imtiyoz bilan qabul qilinadi.
Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy.
(Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyi)
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-99-663-89-90, +998-91-416-04-07, +998-90-613-52-32