1 Oktyabr 2024 yil 2429

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilgan faxriylar xolidan xabar olindi

Bayram munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida viloyat ichki ishlar organlarida uzoq yillar el-yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilib, bir necha shogirdlarga ustozlik qilgan isteʼfodagi polkovnik To‘rayev Shonazar Murodovich hamda isteʼfodagi podpolkovnik Razzoqov To‘lqin Toxirovichlar bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etilib, ularning holidan xabar olindi.

Jarayonda Ichki ishlar vaziri hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Faxriylar xonadonida bo‘lgan yoshlarga ularning xizmat faoliyatlari, bosib o‘tgan yo‘llari borasida maʼlumotlar berildi.

Faxriylar shu kuni o‘zlariga qaratilayotgan yuksak eʼtibordan ko‘ngillari shod bo‘lib, o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech