24 May 2023 yil 540

100 ming so‘m evaziga xonadonida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

2023 yil 22 may kuni soat 19:00 larda Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Buxoro shahar Quduqchi ko‘chasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan R.X. fohishaxona tashkil etish yo‘li bilan tekin daromad orttirish maqsadida qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zi yashab kelayotgan tumanning “Rabotiqalmoq” mahallasida joylashgan yashash hovlisida fohishaxona tashkil qilib, bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib 100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech