13 Yanvar 2025 yil 1726

14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida "Zukko kitobxon” va “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning o‘rni muhim.

Shu bois ichki ishlar organlarida ham kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

14-yanvar – "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi" shuningdek, "Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan, Buxoro viloyati ichki ishlar organlari va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bilimli va salohiyatli xodimlarlar sonini oshirish, ularning mavjud iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, “Zukko kitobxon” va “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovlari tashkil etildi.

Qiziqarli va sermazmun savol-javoblarga boy bo‘lgan ko‘rik-tanlovda xodimlar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini yana bir bor namoyon etishdi.

Murosasiz va qizg‘in o‘tgan bahslarning tantanali qismida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov so‘zga chiqib kitobxonlik xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini oshirishga xizmat qilishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Yakunda g‘olib jamoalar va ishtirokchilar boshqarma boshlig‘ining diplom, qimmatbaho sovg‘alari, kitoblar to‘plami hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu qizg‘in musobaqa xodimlarda katta taassurot qoldirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Text to speech