20 Iyul 2023 yil 633

3 yil muqaddam sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi

2020 yilning noyabr oyida nomaʼlum shaxs Buxoro shahar b.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan M.Sh.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonada turgan ayollar sumkasidan turmush o‘rtog‘i M.R.ga tegishli jami bahosi 8.500.000 so‘mlik ayollar tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘sha vaqtda bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan tezkor hamda tergov harakatlari olib borilgan. Ammo jinoyatni fosh etish imkoni bo‘lmagan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida ko‘rsatmasi asosida o‘tgan yillarda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyat ishlarini tiklagan holda olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Zarmanoq mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.B. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda uning xuddi turdagi viloyatimiz hududida sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech