13 Iyun 2023 yil 379

3-sektor hududiga qarashli olis hududlarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi

Aholi bandligini taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mehnat bozori talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash esa bu boradagi muammolarni bartaraf etishda asosiy omildir. Ayni masalada Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida aholi, ayniqsa xotin-qizlar bandligi masalalarida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida navbatdagi muxbirimiz lavhasida so‘z boradi.

Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda “Ishga marhamat” monomarkazi masʼullari ishtirokida viloyat 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanida ishsiz opa-singillarni kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan navbatdagi-targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.

Jarayonlarda jami 18 nafar xotin-qiz, shundan 2 nafari yosh bolalar uchun enaga — tarbiyachi yordamchisi yo‘nalishi, 3 nafari qandolatchi, 1 nafari oshpaz va yana 12 nafari tiyeuvchilik kasbiga o‘qish istagini bildirib, monomarkaz o‘quv kurslariga yozdirildi.

Shundan so‘ng, masʼullar sektorga qarashli ikkinchi tuman, Vobkent tumanida ham bo‘lib, tumaning “Mo‘minobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Farzona” tikuv sexida “Ayollar”, “Temir” va “Yoshlar” daftarlari ro‘yxatiga kiritilgan 26 nafar ishsiz xotin-qizning ish bilan band etilgani va u yerdagi  sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

Aholi orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda avvalo, ularning bandligi muhim ahamiyat kasb etgani bois, xotin-qizlar bandiligini taʼminlash barobarida hududlarda osoyishtalik, oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni olini olish, oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar haqida muhokama qilinib, zarur huquqiy va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, oilaviy ajrimlar, ularning salbiy oqibatlari, notinch oilalarda  muhitni sog‘lomlashtirish, xotin- qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda o‘g‘rilik, firibgarlik, va kiberjinoyatchilikdan saqlanish borasida tushuntirishlar olib borildi.

Tuman IIB profilaktik va probatsiya hisobi ro‘yxatlarida turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ularning muammolari o‘rganilib, ijtimoiy foydali mehnatga yo‘naltirish va  oiladagi nosog‘lom muhit farzandlarining taʼlim-tarbiyasida, ayniqsa, onalarning xato va kamchiliklari bolalarining kelajagi va taqdiriga raxna solishi xususida qatʼiy ogohlantirishlar berilib, sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida so‘z yuritildi. Tuman masʼullariga ham bu boradagi chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Text to speech