30 Iyun 2022 yil 544

“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tadbir o‘tkazildi

Barchamizga maʼlumki, bundan besh yil muqaddam 2017-yilning 30-iyun kuni muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilib, “30-iyun – Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi.

Mazkur bayram munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z xizmat vazifalarini bajarishda yuqori natijalarga erishib, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh yosh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi IIVning pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasiga qaratilayotgan eʼtibor ayniqsa bugungi tadbirda yaqqol o‘z ifodasini topdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va sohaga endigina qadam qo‘ygan yosh xodimlar ishtirok etgan tadbirda yosh xodimlar bayram munosabati bilan yana bir bor muborakbod etilib, yuksak natijalarga erishganlari alohida eʼtirof etildi.

Text to speech