28 Iyul 2023 yil 930

300 millionga yaqin pullarni virtual firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi

2023 yilning 12 yanvar kunidan  26 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan Sh.X.ga tegishli ”Xalq banki” Buxoro mintaqaviy filiali tomonidan ochilgan plastik kartochkasi va yana 69 nafar shaxslarning plastik kartalaridan jami 295.017.000 so‘m pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan X.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyatimiz hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech