11 Mart 2023 yil 460

IIV Buxoro akademik litseyida o‘quvchilarning ma’naviy tafakkurini oshirishga qaratilgan badiiy kecha tashkil etildi

Ma’lumki, jamiyatda ezgu maqsadlarni, an’ana va qadriyatlarini qaror toptirish, yosh avlodning ongu tafakkurini yuksaltirish, ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash va unga sadoqat bilan xizmat qilish sifatlarini qaror toptirish maqsadida tayanch avlodning ta’lim-tarbiya jarayoniga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, IIV Buxoro akademik litseyida o‘quvchilarining madaniy saviyasini oshirish, ma’naviy tafakkurini kengaytirish maqsadida filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va IIVning “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘krak nishoni sohibi Laylo Sharipova ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. 

Bunda litseyning iqtidorli, ijodkor va faol o‘quvchilari ishtirok etib, viloyat IIB MMI va KBTX yoshlar bilan ishlash guruhi mas’ullari so‘z olib bordi.

Dastlab, shoira fevral va mart oylarida tavallud kunlari nishonlangan buyuk siymolar ijodi, hayotiy faoliyati va ibrat maktabi xususida to‘xtalib o‘tdi. 

Xususan, davra suhbatida sadoqat va vafo timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim hayoti va ijodi borasida so‘z yuritilib, uning mashaqqatli umr yo‘li va benazir ijodiga alohida urg‘u berildi.

Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Ijodkorning adabiyotimizda bugungi nasrning o‘rni, Buxoro adabiy muhitidagi jo‘shqin ijod adabiy jarayonda kechayotgan shakliy izlanishlar haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilarda yuqori qiziqish uyg‘otdi.

Jarayonlar so‘ngida IIV Buxoro akademik litseyi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish barobarida ularda yurtga muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantshiga ham xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Text to speech