8 Avgust 2023 yil 970

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorako‘l tuman bo‘limi masʼul xodimi firibgarlikda gumonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorako‘l tuman bo‘limi masʼul xodimi tumanning “Tojikent” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan R.O. ismli shaxs xizmat mavqesidan foydalangan holda boshqa bir fuqarodan traktor haydash uchun maxsus ruxsatnoma tayyorlab berishi evaziga pul talab qilgan.

Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi hamda DXX Olot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 3 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu shaxs kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 850 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech