9 Mart 2023 yil 411

Aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Kogon shahrining 3 sektoriga qarashli Arabxona mahallasida bo‘ldi

Bunda, Kogon shahar IIB xodimlari va mahalladagi “beshlik” vakillarining hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

O‘rganishlar davomida viloyat 3 sektor rahbari aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berib, 3-sektorga kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi, unga yechim topish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalladagi “beshlik” ning hamkorlikdagi ish natijalarini ham muhokama qildi.

Mazkur mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, «xonadonbay», «oilabay» va «fuqarobay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Boshqarma boshlig‘ining o‘rganish ishlari viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlari hamda barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarda davom etadi.

Text to speech