Aholi muammolariga yechim topish, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish bosh maqsadimiz
Bugun, 8 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov viloyat 3-sektoriga qarashli Vobkent tumanida bo‘lib, sektorlar faoliyati hamda “qizil” toifaga kirgan Kulolchi mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Jarayonda aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Boshqarma boshlig‘i tuman 3-sektoriga kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi, unga yechim topish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, Kulolchi mahallasi hududida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalladagi “beshlik” ning hamkorlikdagi ish natijalarini ham muhokama qildi.
Mazkur mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, «xonadonbay», «oilabay» va «fuqarobay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rganish ishlari viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlari hamda barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarda davom etadi.