13 Mart 2023 yil 656

Aholi muammolarini “Fuqarobay” hal qilish, kriminogen vaziyatni jilovlab, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash zarur

Bugun 13 mart kuni Buxoro tumani IIB da Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbasari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Jonibek Boltayev, Axborot xazmati rahbari Shuxrat Jalolov hamda tumani IIB rahbariyati boshchiligida Buxoro viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil 7 mart kunidagi 110 sonli ko‘rsatmasi asosida Buxoro tumanidagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda “fuqarobay” tizim asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda harakat xavfsizligini taʼminlashning “kvadrat” usulini amalyotga tabiq qilish ishlari muhokakma qilindi.

Bunda “qizil” mahalla toifasiga kiritilgan mahallalarga biriktirilgan masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora tadbirlar birma-bir tahlil qilindi.

Jarayonda “fuqarobay” ishlash tizimi asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil qilish, jinoyatchilikni jilovlash, mahallada istiqomat qiluvchi aholining muammolarini hal qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqilib, keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tuman hududidagi yo‘llarda harakat xavfsizligi taʼminlash, kunning tig‘iz paytida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida “kvadrat” usuli asosida ishlarni tashkil etish borasida topshiriqlar berildi.

Tuman hududida kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida qator vazifalar ham belgilab berildi.

Text to speech