27 Iyul 2023 yil 491

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan yana bir shaxs 500 AQSH dollari olayotganda qo‘lga olindi

Qorako‘l tumani “Sho‘rabod” mahallasida yashovchi X.T. ismli shaxs tumandoshi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni aldab, unga haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib berishni vaʼda qilib, buning evaziga fuqarodan 500 AQSH dollari berishini talab qiladi.

2023 yilning 24 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda Buxoro viloyati IIB JQB, Departamentning Kogon shahar bo‘limi hamda Milliy Gvardiya Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanning  Xo‘jalar mahallasida joylashgan o‘quv markazi xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech