8 Fevral 2023 yil 598

Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

Kogon tumani Chorbog‘kent mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan R.NS.M ismli fuqaroni aldab, o‘qimagan bo‘lsada uning haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qiganligi haqida hujjatlarni tayyorlash va imtihondan vakolatli tanishlari orqali muvaffaqiyatli o‘tkazish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 800 AQSH dollari talab qiladi.

2023 yil 1 fevral kuni soat 16:40 larda Buxoro viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda R.N. Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech