8 May 2023 yil 472

Aldov yo‘li bilan fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

2021 yil mart oyidan 2023 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida G‘ijduvon tumani «Ulfatbibi» mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.F. o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, tanishi I.K.ning ishonchiga kirib, unga ukasi kasal ekanini, uni davolash bilan bo‘g‘liq xarajatlarga pul zarurligini aytib jami 98,0 mln so‘m pullarini, bundan tashqari yana bir fuqaroga ham xuddi shu bahonani qilib 965.250.000 som pullarini bolib-bolib qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi  4-qismi bilan jinoyat ishi qozg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech