Aldov va taʼmagirlik yo‘li bilan Tibbiyot texnikumiga ham ishga, ham o‘qishga qo‘yishni vaʼda qilgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi
Buxoro shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. ismli ayol o‘zini Buxoro tibbiyot texnikumi o‘qituvchisi deb tanishtirib, ikki nafar fuqarolarni aldab, o‘ziga bo‘lgan ishonchni suiisteʼmol qilib, texnikumning mansabdor shaxslari orqali ulardan birini mazkur texnikumga ishga joylashtirish evaziga 1.800 AQSH dollari hamda yana birini shu texnikumga o‘qishga joylashtirish evaziga 1.000 AQSH dollarini talab qiladi.
2023 yil 11 may kuni soat 16:10 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomomnidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu taʼmagir ayol Buxoro shahridagi “Karvon” buyum bozori hududida ushbu ikki nafar fuqaro bilan uchrashib, ulardan talab qilingan пуллардан 2.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.