20 Oktyabr 2022 yil 1007

Amaliy natijadorlik — asosiy mezon

Xabaringiz bor, Prezident Administratsiyasining topshirig‘iga asosan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhining kuni-kecha 14-17 oktyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘rganishlari olib borilgan edi.

Mazkur o‘rganishlar yakunida Ichki ishlar vaziri huzurida o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda Jizzax tajribasi asosida “Huquqiy eʼtibordagi shaxslar” platformasini Buxoro viloyatida ham joriy etish topshirig‘i berilgan edi.

Uning ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat guruh ayni kunlarda Jizzax viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bunda, Jizzax viloyati IIB tomonidan yaratilgan “Huquqiy eʼtibordagi shaxslar” platformasining mavjud imkoniyatlari va undan samarali foydalanish usullarini joyida o‘rganilishiga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu tajribani Buxoroda ham joriy etish bilan bog‘liq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech