15 Noyabr 2022 yil 744

Hamkorlik: Ayollar jinoyatchiligini oldini olish — jamiyatning yuksak masʼuliyati

Jamiyatning, davlatning ertasi bevosita xalqning kelajagi bo‘lmish yosh avlodni dunyoga keltirib, tarbiyalayotgan ayollarning qo‘lidadir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo, xalqning farzandlarini, yurtning ertasini tarbiya qilayotgan onalar hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi kerak bo‘lgan qizlar haqida so‘z borganda jinoyatchi so‘zini ularga nizbatan qo‘llanishi, juda ayanchli va og‘riqli yukdir.
 
Shu o‘rinda, bugun, 15-noyabr kuni Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Dilfuza Sharopova boshchiligidagi qator masʼullar ishtikorida viloyat 3-sektorga qarashli hududlarda xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
 
Yig‘ilish Shofirkon, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida joriy yilning 10 oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga doir tanqidiy va tahliliy ruhda borib, masʼullarga huquqiy tavsiyalar berildi.
 
Bunda, G‘ijduvon tumanining “Sharq”, “Pamo‘za”, “Saktare” va Vobkent tumanining “Istiqlol”, “Shakarkent”, “Hajivon”, “Diyor” hamda Shofirkon tumanining “Qalmaqon”, “Bobohaydar”, “Savrak” mahallalarida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik holatlari muhokama qilindi.
 
Kriminogen vaziyati yomonlashgan 10 ta “qizil” toifadagi mahallada jinoyatchilikning barvaqt oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda manzilli chora-tadbirlar belgilab olinib, hududlarda “xonadonbay” tizimi asosida “Ayollar”, “Yoshlar” va “Temir daftar”larga kiritilgan xotin-qizlarning mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Text to speech