Aholining ishsiz qatlamini mavsumiy ish bilan band qilish, daromad manbai bilan taʼminlashda paxta yig‘im-terim mavsumi ayni muddao bo‘lmoqda
Bugun, 20 sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanida bo‘lib, aholining ishsiz qatlami bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mahallalarga chiqib o‘rganib, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazdi.
Unda tumandagi mahallalar beshlik vakillari, nuroniy onaxon va otaxonlar, mahalla faollari, ko‘cha vakillari, otinoyilar va ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi.
Boshqarma boshlig‘i bugungi kunda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatga barham berilganini alohida taʼkidlab, terimga o‘z ixtiyori bilan qatnashayotgan ishsiz fuqarolarning moddiy manfaatdorligini taʼminlash, zarur mehnat sharoitlari yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida mahalla faollariga hududlardagi ishsiz fuqarolarni viloyatimizda davom etayotgan paxta yig‘im-terim mavsumiga jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlash, shu orqali daromadli qilish kerakligi borasida tavsiyalar berdi.
Bu kabi uchrashuvlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida, 3-sektorlarga qarashli mahallalarda uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.