28 Dekabr 2023 yil 2454

Avf etilganlarning muammolari o‘rganildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagandi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya organlarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan 334 nafar shaxs afv etildi.

Ular orasida 13 nafar buxoroliklar ham bor.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralarga, mahalliy hokimliklarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, bugun, 28 dekabr kuni viloyat sektorlar rahbarlari va tegishli korxona-tashkilotlar mutasaddilari afv etilgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida afv etilganlarning har biri bilan alohida muloqot qilindi. Ulardan hol-ahvol so‘ralib, kelgusidagi rejalari bilan qiziqildi. Ijtimoiy hayotga moslashib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari imkoniyatlari o‘rganildi.

Afv etilganlar bilan suhbat asnosida sektor rahbarlari ularning ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiyasi, sog‘lom turmush tarziga qaytarish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralari, sog‘liqni saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Afv etilgan kishilarga bundan buyon xalqimiz va Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi kerakligi uqtirildi.

Jazodan ozod etilganlar qilgan ishlaridan pushaymonliklarini taʼkidlab, bildirilgan ishonch uchun xalqimizga, hukumatimizga minnatdorchilik bildirdilar.

Text to speech