27 Aprel 2023 yil 425

Avtobusda yo‘lovchining telefonini o‘margan kissovur ushlandi

2023 yil 28 mart kuni soat taxminan 16:20 larda nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, Buxoro shahar hududida qatnovchi yo‘nalishli “76-son”li avtobusning saloniga yo‘lovchi sifatida chiqib, boshqa bir yo‘lovchi sifatida o‘z manziliga borayotgan M.S. ismli ayolning “Redmi 5” rusumli telefon apparatini uning cho‘ntagidan yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar “Afrosiyob” ko‘chasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Z.N. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgu kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech