Avtobusdagi cho‘ntakkesar qo‘lga tushdi
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yil 15 noyabr kuni soat 08:30 larda nomaʼlum shaxs, Buxoro shahrining Havzi-Nav ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanib borayotgan 76-sonli yo‘nalishli avtobus salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G‘ijduvon tumani Degrezon mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayolning kiyimi cho‘ntagidan bahosi 2.500.000 so‘mlik “Redmi Note 8” rusumli telefonini yashirin ravishda o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Ko‘kcha ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.