Avtomashinadan 500 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
2024 yilning 11 aprel kuni taxminan soat 01:30 larda nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar “ARK” qo‘rg‘oni avtoturargohida qarovsiz qoldirilgan "Damas" rusumli avtomashinadan Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan 500 AQSH dollarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan M.I. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishida gumonlanayotgan ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.