18 May 2024 yil 935

Avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqib 44 million so‘m pullarni o‘margan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati IIBning 102 boshqaruv markaziga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2024 yilning 28 aprel kuni taxminan soat 21:00 larda nomaʼlum shaxs Buxoro shahrining Sheyxon mahallasida yashovchi, fuqaro boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Buxoro shahrining Navro‘z mahallasi hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, haydovchining chalg‘ib qolganligidan foydalanib, avtomashina salonida bo‘lgan 44 million so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan texnik, tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan R.E. ismli shaxsning sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu gumonlanuvchi shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech