Avtomashinadan haydovchilik guvohnomasini o‘margan shaxs fosh etildi
2023 yil 4 apreldan 5 aprelga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs g‘arazgo‘ylik va boshqa past niyatlarda Vobkent tumanidan Buxoro shahriga qarab harakatlanib kelayotgan Vobkent tumani “Qo‘ng‘irot” mahallasida yashovchi, A.A. ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqib, avtomashina saonidan egasiga tegishli bo‘lgan, qatʼiy xisobda turuvchi haydovchilik guvohnomasini unga bildirmasdan yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, hujjatlarni egallash jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Renspublikasi JK.ning 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, shu tumanning “Niyozxo‘ja” mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.A. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda unga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.