Avtomashinangizni ichida pul yoki boshqa turdagi qimmatbaho buyumlar bilan ochiq holda yoki qarovsiz qoldirmang!
2023-yil 8-iyun kuni taxminan soat 09:00 larda Buxoro shahar “Otbozor” mahallasida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan R.U. ismli yigit Buxoro shahar Ruxshobod qishlog‘ida yashovchi boshqa bir fuqaroning yashash uyi darvozasi oldida turgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiqligidan foydalanib, avtomashina salonida bo‘lgan 150.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro R.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda uning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.