Avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishni vaʼda qilib firibgarlik qilgan ayol ushlandi
G‘ijduvon tumani Zarangari mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan M.J. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 21 aprel kuni Navoiy viloyatidan G‘ijduvon tumaniga qaytib kelayotgan vaqtida, yo‘lda bir ayol bilan tanishganini, suhbat davomida unga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinasi jarima maydonchasida ekani to‘g‘risida aytganini, shunda ushbu ayol unga avtomashinasini chiqarib berishni vaʼda qilib aldab, jami 2.000.000 so‘m pullarini olganini, shundan so‘ng uni topolmaganini va ayolni topib unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, J.F. ismli yol sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda unga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.