Avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida mingan ayolning uyali aloqa vositasini olib qochib ketgan shaxs ushlandi.
2023 yil 26 yanvar kuni soat 12:00 larda nomaʼlum shaxs “Cobalt” rusumli avtomashinani davlat raqam belgilarini yechgan holatda “G‘ijduvon-Buxoro” yo‘nalishida “Dilkusho” chorrahasigacha boshqarib borib, yo‘l yoqasida yo‘nalishsiz taksi kutib turgan Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan X.M. ismli ayolni yo‘lovchi sifatida mindirib, yo‘l-yo‘lakay unga uyali aloqa vositasidan qo‘ng‘iroq qilish uchun foydalanishga berib turishini aytib, bahosi 2.200.000 so‘mlik “VIVO Y35” rusumli ushbu uyali aloqa vositasidan foydalanib borib, M-37 avtomobil yo‘lining 224-kilometriga yetganda avtomoshinaga erkak yo‘lovchilar minishi sababli ayolning old o‘rindiqqa o‘tirishini aytib, X.M. mashinadan tushib old o‘rindiqqa o‘tirmoqchi bo‘lganida, uning uyali aloqa vositasini qaytarib bermasdan avtomashinani boshqarib qochib ketib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani “Zargaron” mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan M.U. ismli shaxs sodir qilganligi viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida fosh etildi.
Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda