Avtomobil savdosida firibgarlar domiga ilinib qolmang!
Aniqlanishicha, Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra G‘ijduvon tumani “Soktari” mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan M.B. 2023-yilning 16-aprel kuni fuqaro B.D. ning Buxoro shahar S.Boharziy mahallasidagi yashash xonadonida o‘ziga tegishli bo‘lgan 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Lacetti” rusumli avtomashinani 12.000 AQSH dollariga sotishga o‘zaro kelishib, kelishilgan pullaridan 10.000 AQSH dollari pullarni avans tariqasida olganidan so‘ng, avtomashinani amalda boshqa shaxslarga sotib yuborib jabrlanuvchiga 114.210.000 so‘mlik ko‘p miqdoridagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan M.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.