Avtomoshinalar quvvatlagichlarini o‘margan jinoiy guruh fosh etildi
2023 yil 19 yanvar kunidan 20 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib tekin boylik orttirish maqsadida, Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan maxsus transport vositalari turadigan avtoturargohda qoldirib ketilgan “Kamaz”, 2 ta “LV300 FN” hamda “SHASMAN” rusumli transport vositalarining quvvatlagichlari (akumulyator) ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani “Bobur” mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan N.B. mahalladosh tengdoshi 1999 yilda tug‘ilgan N.M. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda