Ayolga munosabat — kelajakka hurmat!
Bugun jamiyatimizda ayollarga, ayniqsa yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bo‘lgan eʼtibor tobora kuchayib, ayollar masalalari birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda.
Buxoro viloyati IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Dilfuza Sharopova boshchiligidagi masʼullar Qorako‘l tumanida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, ayniqsa xotin-qizlarning yashash sharoitini joyida o‘rgandi.
Jumladan, tumanning “Eski-qalʼa” mahallasida joylashgan ijtimoiy yotoqxonada istiqomat qilib kelayotgan oilalarda sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish, notinch va nosog‘lom muhit oilalar farzandlarining taʼlim-tarbiyasi, onalarning xato va kamchiliklari bolalarining kelajagi va taqdiriga daxl qilmasligi to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bu borada xotin-qizlarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarining yechimi yuzasidan choralar ko‘rildi.
Masʼullarning bu kabi amallari inson qadri ulug‘langan yurtimizda millat beshigini tebratuvchi onalarga g‘amxo‘rlik qilish eng oliy vazifalardan biriga aylanganini yana bir karra isbotlaydi. Zero, ayollari qadr topgan yurt qudratli bo‘ladi!