“Ajdodlar izidan” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ichki ishlar organlari xodimlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Kitob — inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish, izlanish bilan o‘z dunyoqarashini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi.
Zotan, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi jarayonlar yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha sohalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi turli tadbirlarning izchillik bilan o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Shu o‘rinda, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalaridagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni kasbiy saviyasini yuksaltirish, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng va qulay sharoitlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish maqsadida kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda 2023 yilda kuch tuzilmalari harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladigan qo‘shma chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.
Mazkur chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan bugun, 11 aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi va harbiy qismlari yosh xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining Buxoro viloyati bosqichi tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov mezoniga asosan ikki bosqichda o‘tkazilgan bellashuvlarda viloyat IIB yoshlari jamoasi yaqqol ustunlik bilan faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.