Bayram tadbirlarini o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini taʼminlash eng dolzarb vazifa sanaladi
Xabaringiz bor, Respublikamizning barcha hududlarida "Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayram tantanalari keng nishonlanmoqda.
Xuddi shunday, Buxoro viloyatining shahar va tumanlari barcha mahallalarida, qishloq va ovullari, aholi punktlari, saylgoh va markaziy maydonlarda bayram tadbirlarining ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi, bunda xavfsizlik choralarining taʼminlanishi borasida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini taʼminlash masalalari alohida nazoratga olingan.
Hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylarda taaluqli idjoralar va huquq tartibot organlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari boshchiligida tuman shaharlarda kuch va vositalarning shayligi va tantanalarni o‘tkazishga ko‘rilgan tayyorgarlikning ahvoli o‘rganilib, tadbirga jalb etilgan shaxsiy tarkib ishtirokida kengaytirilgan Yo‘riqnoma o‘tkazildi
Bunda, bayram kunlarida tantanalar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, har qanday favqulodda vaziyatlarni oldini olish, jinoyat va huquqbuzaraliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida topshiriqlar berilib, o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.