24 Iyul 2024 yil 1285

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA BUXORO VILOYATI ICHKI ISHLAR ORGANLARI YoSh XODIM VA XODIMALARI O‘RTASIDA SPORTNING “SHASHKA VA SHAXMAT” TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator ommaviy sport musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ichki ishlar vazirining 2024 yil 04 aprel kunidagi ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish orqali yosh istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yana-da qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga asosan, Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar o‘rtasida “Shaxmat va shashka” sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIBlari yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Juda qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida, g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni aqliy bilim salohiyatlarini yana-da o‘stirish barobarida, mustaqil va har tomonlama to‘g‘ri mantiqiy firklashni o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech