17 Mart 2023 yil 494

Behayo rasmlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi

Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan X.A. va Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.I. lar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, shaxs uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, Jondor tumanida yashovchi bir qizning behayo videolarini tarqatish va sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 2023 yil 6 fevral kunidan boshlab bir necha marotaba undan pul talab qilib olib, oxirgi marotaba talab qilingan 15.000.000 so‘mdan 9.900.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan. Ammo shu bilan ham kifoyalanmasdan yana 4.100.000 so‘m miqdoridagi pullarni berishga majbur qilish darajasiga keltirib qo‘ygan.

Qizning Buxoro viloyati IIBga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ikki shaxs Buxoro shahar Pedagogika instituti oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech